O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik ochiq muhokama qilindi.
Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini va ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari, suv resurslari bilan bog‘liq masalalar hamda mintaqalararo aloqalar e’tibor markazida bo‘ldi.

“Janob Stipraysning mintaqamiz bilan bog‘liq boy kasbiy tajribasi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz”, deb yozgan prezident yordamchisi.
Тасодифий хабарлар
Наманганда газ улаб беришни ваъда қилиб, фуқаролардан пул ундирганлар ушланди
Карантин пайтидаги Наманган кўчалари (Видео)
Филиппинда тимсоҳ қайиқни тешиб, балиқчини сув остига тортиб кетди
Шавкат Мирзиёев томонидан янги қонун имзоланди
Қирғиз-тожик чегарасида отишма содир бўлгани айтилди