Ibragimovich raqibining yuz suyagini sindirdi

Ibragimovich raqibining yuz suyagini sindirdi

MLS’(AQSh futbol chempionati)ning 21-turi markaziy bahsida “Los-Anjeles Gelaksi” forvardi Zlatan Ibragimovich to‘p uchun havodagi kurashda raqib jamoa futbolchisi yuziga zarba berdi. Ushbu zarba oqibatida “Los-Anjeles” klubi a’zosi Muhammad El-Munirning yuz suyagi singan.

Ibragimovich raqibining yuz suyagini sindirdi

MLS’ning 21-turi doirasidagi bahsda “Los-Anjeles Gelaksi” forvardi Zlatan Ibragimovich raqib jamoa futbolchisiga zarba berib, uning yuz suyagini sindirdi. Bu haqda Sun xabar berdi.

Jabrdiyda zaxiradan maydonga tushgan

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida Zlatan to‘p uchun havodagi kurashda qo‘lining tirsak qismi bilan El-Munirning yuziga zarba berib yuborgan. Oqibatda, zaxiradan maydonga tushgan Munir jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.

Himoyachining yanoq suyagi singan

Uchrashuvdan keyingi tibbiy tekshiruvlar natijasida esa 27 yoshli liviyalik himoyachining yanoq suyagi singani ma’lum bo‘ldi va shifokorlar unga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni tavsiya qilgan.

Munir uchun mavsum yakunlagan bo‘lishi mumkin

Shuningdek, Muhammad El-Munir uchun mavsum yakunlagan bo‘lishi ham mumkin.

Diskvalifikatsiya xavfi

Zlatanni chempionat mutasaddilari tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan diskvalifikatsiya xavfi kutmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur bahsda “Los-Anjeles Gelaksi” o‘z maydonida boshqa bir nomdoshi “Los-Anjeles”  jamoasini qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchgan. 37 yoshli shvetsiyalik forvard esa xet-trik qayd etib uchrashuv taqdirini hal etgan.

Теглар:
×