Dubay amirining o‘g‘li O‘zbekistonda lochin bilan ov qildi (video)

Dubay amirining o‘g‘li O‘zbekistonda lochin bilan ov qildi (video)

Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya 13-oktabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Martabali mehmon lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib keldi. Bu shahzoda uchun an’ana bo‘lib qolgan va u har yili O‘zbekistonga shu maqsadda keladi.

Shahzoda Hamdan boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi va bu haqdagi videolavhani Twitter sahifasiga joyladi.

قروب فزاع@groupfazza

#Uzbekistan Trip#Fazza1328:49 PM - Oct 16, 2019Twitter Ads info and privacy55 people are talking about this

“Kun.uz”ning qayd etishicha, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” (AYTAM) joylashgan.

Markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008-yil aprel oyida tashkil etilgan.

AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi — O‘zbekistonda Osiyo yo‘rg‘a tuvalog‘ining barqaror populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni ko‘paytirish, asrash, hamda har yili qushlarni yovvoyi tabiiy muhitga qo‘yib yuborish kabi tadbirlar majmuasidan iborat.

Qushlarni yovvoyi tabiatga uchirish mavsumi asosan sentabr—oktabr oylari hisoblanadi. 2012-yildan shu vaqtga qadar markaz tomonidan tabiatga 10 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirilgan.

×