Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov bilan revansh jangi o‘tkazishni istamoqda.
“Revansh o‘tkazishni va o‘z sovrinimni qaytarib olishni istayman. Nurmagomedov bilan bo‘lgan jang tayyorgarligi noto‘g‘ri bo‘lgandi. U birinchi raund mobaynida mendan qochib yurdi, biror marta zarba bermadi va oyoqqa hujumga o‘tishga urindi.
U butun jang javomida men bilan suhbatlashganini aytmoqda. Biroq bunday bo‘lgani yo‘q, u ustunlikni qo‘lga kiritmagunga qadar hatto pichirlamadi ham!
Men soniyalarning qaysidir ulushida chalg‘ib, unga ustunlikni qo‘lga olish imkoniyatni taqdim etib qo‘ydim. Biroq men bu jangdan saboq oldim. Men undan qasos olish uchun qayta olaman”, — deydi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Habib 2018-yilning oktabrida jang o‘tkazgan hamda Nurmagomedov to‘rtinchi raundda raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi.
Тасодифий хабарлар
Яна бир тоифадаги эски ҳайдовчилик гувоҳномаларининг муддати тугамоқда
Наманганлик йигит онасини қўрқитган эркакка арматура билан ташланди
Россия АҚШнинг ҳар қайси Президенти билан ишлашга тайёр
Рамзан Қодиров ўлим тўшагида – ОАВ
Қатар кўчаларига кондиционерлар ўрнатиляпти