31 iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan harakatlar, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan idoraviy dastur ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodikasi tasdiqlanib, vazirlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan har chorakda tizim idoralari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amalga oshirilmoqda. Shuningdek, korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan funksiyalarning (vakolatlar) va lavozimlarning ro‘yxatini shakllantirib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi hamda doimiy tahlil va monitoring asosida mazkur ruyxat yangilab borilmoqda.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi yuqori bo‘lgan funksiyalar:
- Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish;
- Adliya organlari xodimlarini Toshkent shahrida doimiy propiskaga qo‘yish;
- Tadbirkorlik sub’ektlariga yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berish;
- Markaz xodimlarining xatti-harakatlarini nazorat qilish;
- Davlat xizmatlari uchun to‘lov qiymatlarining oshkor etilishi;
- Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash, attestatsiyadan o‘tkazish, ularga martaba darajalarini berish;
- Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarni adliya organlariga va muassasalariga beradigan hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun mazkur tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirish;
- Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish;
- Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- Davlat xaridi predmeti va narxini shakllantirish, xarid to‘g‘risidagi e’lon berish, ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish.
Lavozimlar
- Notarial idoralar xodimlari;
- Davlat xizmatlari markazlari xodimlari;
- Sud ekspertlar;
- Xo‘jalik ishlari bo‘limlarida ishlovchi xodimlar;
- Notarial idoralar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xodimlar;
- Kadrlar bilan ishlovchi bo‘linmalar xodimlari;
- Vazirlik tizimidagi ta’lim musassasalari pedagog xodimlari;
- Yuridik xizmat faoliyatini nazorat qiluvchi bo‘linmalar xodimlari.
Тасодифий хабарлар
Ота ва она ўғлига севган қизини “олиб” бермагани учун ваҳшийларча ўлдирилди
Жиззахда турмушга чиқмаган 22 ёшли аёл эгизак чақалоқларини далага ташлаб кетди
Солиқ қўмитаси Алишер Қодировнинг «таклифи» бўйича муносабат билдирди
Андижонда "газ заправка"га келган ҳайдовчилардан пул олган шахслар қамалди
Наманганда эгизак миноралар қурилади