Prezident qarorida belgilanishicha, O‘zbekistonda 2020-yilda 150 tonna oltin va kumush qazib olinadi. 2021-yilda esa oltin va kumush qazib olish hajmi ikki baravar oshadi. Geologik o‘rganishlar va mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish, qayta tiklash uchun 2 trlndan ko‘proq (1 mlrd dollardan ko‘proq) mablag‘ ajratiladi.
Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021-yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi O‘zbekiston prezidenti qarori bilan ma’qullandi.
Hujjatda keltirilishicha, O‘zbekistonda oltin va kumush qazib olish 2020-yilda 150 tonnaga, 2021-yilda esa 300 tonnaga yetkaziladi.
Shuningdek, dasturdan foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini kelasi yili 35% ga, 2021-yilda esa 40% yetkazilishi belgilangan.
Investitsiya, oltin va soliq qonunchiligi kafolati
Qaror bilan geologik-qidiruv ishlarini takomillashtirish, kon-geologiya sohasining investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (undagi hisobotlar xalqaro standartlarga ko‘ra yuritiladi) ham tasdiqlangan. Topilgan foydali qazilmalar esa JORC Kodeksiga ko‘ra tasdiqlanadi.
Geologik qidiruvlar natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn platformada e’lon qilib boriladi.
Ushbu dasturni amalga oshirish uchun 2 trln 371 mlrd 9 mln so‘m (1 mlrd 88 mln dollar) mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, strategik muhim qattiq foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ham ishlab chiqiladi. Ta’kidlanishicha, investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davrida soliq qonunchiligining o‘zgarmasligi kafolatlari ta’minlanadi.

Foto: Trend.az
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi 2019-yil fevralida muhokamaga qo‘ygan konsepsiyada 2020 - 2024-yillarda oltin zahirasi 474 tonnaga etishi ma’lum qilingan. 2018-yilda O‘zbekiston 70 tonna oltinni 2,9 mlrd dollarga eksport qilgan.
Тасодифий хабарлар
Тошкентда автобус бекатида 51 ёшли эркак ёш қизга зўравонлик қилди
❗️Сўнгги соатларда яна деярли 300 кишида коронавирус аниқланди
Оилавий тадбиркорлик дастурлари доирасида 14 фоизли кредитлар ажратилади
Коронавируснинг 69-қурбони: уй шароитида даволанишни бошлаган пискентлик 37 ёшли эркак вафот этди
Ўзбекистон ОТБдан яна 200 млн доллар кредит олади