Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasida mahkuma to‘satdan vafot etdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yil 22 oktabr kuni soat 02:30lar chamasida Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Sh.M. o‘zi saqlanayotgan hibsxona kamerasida to‘satdan salomatligi yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Xabarda aytilishicha, mahkuma sud hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 168- va boshqa moddalari bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati yozgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Sh.M.ning o‘limi "yurakning kamqonlik kasalligi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi" ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Namangandagi tergov hibsxonasida mahkuma to‘satdan vafot etdi. Bosh prokuratura rasmiy ma'lumot berdi
Тасодифий хабарлар
Ўзбекистонга жуда иссиқ ҳаво оқими кириб келади
Андижонда "газ заправка"га келган ҳайдовчилардан пул олган шахслар қамалди
Shveytsariya poyezd yo‘llarini quyosh elektr stansiyalariga aylantiradi
Мўйноқ аҳолисига 5 млн сўмдан пул тарқатилмоқда
Қозоғистонда антитеррор ҳаракатлар қачонгача давом этади? Тўқаев жавоб берди