Business Insider: Eng yaxshi smartfonlar reytingi

Business Insider: Eng yaxshi smartfonlar reytingi

Eng yaxshi 20 ta smartfon reytingida dastlabki beshta o‘rinning uchtasini Xitoyning OnePlus smartfonlari oldi.

Business Insider narx va samaradorlik nisbatlarini hisobga olgan holda eng yaxshi 20 ta smartfon reytingini e’lon qildi. Reytingda birinchi o‘rinda OnePlus 7T smartfoni qayd etildi. 

Birinchi o‘rinni OnePlus 7T smartfoni egalladi

Eng zo‘r smartfonlar reytingida birinchi o‘rinni Xitoyning OnePlus 7T smartfoni egalladi. Business Insider ma’lumotiga ko‘ra, mazkur gajet 2019-yilda Android qurilmalari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega, u chiroyli dizayni, mukammal kamerasi va yaxshi avtonomiyasiga ega. 

OnePlus 7T smartfonining xalqaro bozordagi boshlang‘ich narxi 600 AQSh dollari. 

iPhone 11 ikkinchi o‘rinda

Reytingda ikkinchi o‘rinda Apple kompaniyasining iPhone 11 smartfoni joy olgan. Ma’lumotni tayyorlagan muallifning ta’kidlashicha, ushbu smartfon ajoyib 6.1 dyuymli ekranga, kuchli protsessorga va samarali kameraga ega. 

iPhone 11'ning xalqaro bozordagi boshlang‘ich narxi 700 dollar.

OnePlus 7 Pro uchinchi o‘rinda

Uchinchi o‘rinda 7 Pro deb nomlangan OnePlus smartfonining boshqa bir modeli qayd etilgan. Nashrda aytilishicha, ushbu gajet kuchli protsessor, yaxshi kamera, shuningdek, barmoq izlari sensorlari va yuzni aniqlash funksiyasining ultra tez ishlashi bilan ajralib turadi. 

OnePlus 7 Pro esa 670 dollar qiymatda narxlangan.

Google’ning Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlari to‘rtinchi

Reytingning to‘rtinchi o‘rinini Google korporatsiyasining Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlari band etgan. Reytingni tuzuvchilarga ko‘ra, ushbu gajetlar yaxshi ishlaydi, qulay avtonomiyaga ega va OLED displeylari bilan jihozlangan. 

Google smartfonlarining xalqaro bozordagi narxi 400-470 dollar baholangan.

Kuchli beshlikdagi uchinchi OnePlus smartfoni – 6T

Beshinchi o‘rinda yana bir OnePlus modeli – 6T joylashgan. Ushbu smatrtfon ham ishlab chiqaruvchining boshqa gajetlari singari mukammal avtonomiyaga, samarali yuz va barmoq izlarini aniqlash sensorlariga, shuningdek, ultrafast zaryadlovchiga ega. 

OnePlus 6T smartfoni atiga 500 dollar turadi. Uning 8 GB operatsion va 128 GB asosiy xotiraga ega varianti esa 550 dollar. 

Reytingda Samsung va Apple'ning so‘nggi modellari ham o‘rin olgan

Bulardan tashqari, ushbu reytingdan Samsung va Apple kompaniyalarining so‘nggi modellari ham o‘rin olgan. Xususan, Samsung Galaxy S10e, iPhone XR, Samsung Galaxy Note 10 Plus, Samsung Galaxy S10 i Galaxy S10 Plus, hamda iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max eng yaxshi 20 ta smartfonlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Теглар:
×