Hukumat 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 25 foizdan ko‘prog‘iga etkazib, aholi va sanoatni 100 foizenergiya bilan ta’minlab, 1 mln gektarda tomchilatib sug‘orishni joriy etib, ekinlar hosildorligini 20-40 foizgacha oshirmoqchi.
O‘zbekiston 2019-2030 yillarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tmoqchi. Bu nima o‘zi va oddiy iqtisodiyotdan farqi nima? Togri.uz tushuntiradi.
“Jigarrang” iqtisodiyotdan “yashil” iqtisodiyotga
Xalqaro iqtisodiyot so‘nggi yigirma yillarda yangi texnologik yashamga o‘tayapti, unda nafaqat iqtisodiy raqobatbardoshlik va samarani oshirish, balkim hayot sifatini va yashash muhitini yaxshilash muhim o‘rin tutmoqda. Barqaror taraqqiyot o‘zaro uzviy bog‘liq uch - iqtisodiyot, ijtimoiy va ekologik - komponentni taqozo etyapti.
Mavjud (“jigarrang”) iqtisodiy tizim hayot tarzini ancha yaxshilagan bo‘lsa-da, uning salbiy jihatlari ham salmoqli: bu – ekologik muammolar, tabiat kapitalining yoqolishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiya tanqisligi, keng tarqalgan qashshoqlik va insonlararo, davlatlararo tengsizlik avjiga chiqishi. Bularning barchasi kelajak avlodlarga tahdid yaratmoqda.
Insoniyat yashab qolishi uchun “jigarrang” iqtisodiyotdan kelajak avlodning taqdirini savol ostiga qo‘ymaydigan, uzoq muddatda inson farovonligini ta’minlay oladigan, kelajakda ekologik tahdidlar yoki tanqisliklarga olib kelmaydigan “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni taqozo qiladi.
O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga qanday o‘tishmoqchi
Prezident imzolagan 2019-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyaning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdan iborat.
Strategiya doirasida sanoat, energetika va investitsiyalardan iborat uch asosiy elementga e’tibor qaratilgan.
Texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘zda tutilgan.
Davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan “yashil” mezonlar kiritiladi.
Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralari ko‘riladi.
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshiriladi.
Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish rag‘batlantiriladi.
Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash bo‘yicha choralar ham ishlab chiqiladi.
Strategiya amalga oshsa, nima o‘zgaradi
Strategiya mualliflarining fikricha, strategiyani amalga oshirishi natijasida:
- issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10 foizga qisqaradi;
- ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichi oshiriladi va yalpi ichki mahsulot uglerod sarfi hajmini kamayadi
- qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga etkaziladi;
- aholi va iqtisodiyot tarmoqlari to‘liq (100 foiz) zamonaviy, arzon va ishonchli energiya bilan ta’minlanadi.
- sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash orqali energiya samaradorligini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshiriladi.
- energiya samaradorlik va ekologik jihatdan yaxshilangan tavsiflarga ega motor yoqilg‘isi va avtotransport vositalari ishlab chiqariladi hamda ulardan foydalanish kengaytiriladi. Elektr transporti rivojlantiriladi.
- Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshiriladi. 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etiladi va ularda etishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40 foizgacha oshiriladi;
- erlarning tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishiladi;
- asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishiladi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “yashil” iqtisodiyot uchun vakolatli organ etib belgilandi.
Тасодифий хабарлар
Президент Рамазон Ҳайити муносабати билан афв эълон қилди
Мирзиёев оддий халқ учун ҳамёнбоп машиналар ишлаб чиқаришни буюрди
“Толибон” бўйсунмас Панжшерга кира олмади
Самарқандда 100 минг долларлик танловнинг навбатдаги тақдимоти бўлиб ўтди (Фото)
Тошкентда қурилаётган ер-усти метроси учун Россиядан янги метро вагонлари сотиб олинди