Italiyaning Neapol shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Universiadaning dzyudo boʻyicha birinchi kun bahslari yakunlandi.
TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston yozgi Universiadadagi ilk medalni qoʻlga kiritdi.
MOQ xabariga koʻra, dzyudo boʻyicha vazni 90 kilogrammdan ortiq polvonlar bahsida ishtirok etgan oʻzbekistonlik Muhammadkarim Xurramov yozgi Universiadaning bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Muhammadkarim dastlab AQSH, Vengriya, Belarus vakillarini magʻlub etgan, biroq yarim finalda yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qoʻygan. Bronza medali uchun kechadigan bahsda esa polshalik Oleksiy Lisenko ustidan ishonchli gʻalaba qilgan Mahammadkarim Oʻzbekiston delegatsiyasiga ushbu universiadadagi ilk medalni taqdim etgan.
Eslatib oʻtamiz, Italiyaning Neapol shahrida talabalar oʻrtasida Butunjahon Universiada oʻyinlariga start berilgan
Тасодифий хабарлар
Шерали Жўраев тўнғич қизи Шукронани узатди (фото)
ОДАМ САВДОСИ – УМУМЖАХОН МУАММОСИ
Самарқандда чиройли авторақам 600 млн сўмга сотилди
ИИВ Тошкентда метросига ўзини ташлаган маст аёл воқеаси юзасидан изоҳ берди
Наманганда 5 млрд сўмдан кўпроқ қийматдаги электр энергияси ўғирланди