Samarqand viloyati, Jomboy tumanining “Beshbola” qishlog‘i hududida Isuzu rusumli avtobus bilan MAN rusumli yuk avtomashinasi to‘qnashishi yuz berdi.
SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, hodisa 3-sentabr kuni taxminan soat 07:00 da sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 22 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan, 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan. Jami 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.
Qayd etilishicha, SSV tomonidan bemorlarga o‘z vaqtida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida sanitar aviatsiya xizmati orqali neyrojarroh, jarroh, travmatolog kabi qator tajribali mutaxassislar safarbar etildi.
Ayni vaqtda yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlanganlarning 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga davolanish uchun ko‘chirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
“Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi”, — deyiladi xabarda.
Manba: Daryo.uz
Тасодифий хабарлар
Наманган шаҳридаги ёнғин Наманган ФВБ ходимлари томонидан тезкорлик билан бартараф этилди.
«ПСЖ» Зидан билан алоқага чиқди
Ўзбекистонда ишсизлик 13,2 фоизга етди
Андижон вилоятига ва Андижон шаҳрига автомобиллар кириши тақиқланди
Ҳалимахоним жиноий иш очилиши, уйининг тортиб олиниши ва Юлдуз Усмонованинг ўғли ҳақида нималар деди?