2021 yilning 30 dekabr kuni soat 12-09da Namangan shaxar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan shaxar Ozod Maxalla fuqarolar yig‘ini A.Xo‘jaev ko‘chasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli chevarxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.
Kelib tushgan ma’lumotga asosan soat 12-14da Namangan shaxar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 12-16da yong‘in joyi o‘rab olingan.
Yоng‘in natijasida chevarxona binosini shift va ichki qismidan 70 kv.metr joyi, tayyor va yarim tayor maxsulotlari, 6 dona tikuv mashinalari, 1 dona kompyutr xamda xujjatlari yonib zararlangan.

Sodir bo‘lgan yong‘in soat 12-45da Namangan shaxar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan.
Yоng‘inda fuqarolarni kuyib tan jaroxati olish hamda xalok bo‘lish xolatlari kuzatilmagan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi OGOHLANTIRADI!!!
Kuz-qish mavsumida davomida yashash xonadonlari va Halq xo‘jaligi maskanlarini isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, elektr isitish asboblarini nazoratsiz qoldirmang.
HURMATLI HAMYURTLAR, YONG‘IN, CHAQNASH, IS GAZIDAN ZAHARLANISH va boshqa FAVQULODDA VAZIYATLARDAN EHTIYOT BO‘LING!
Yong‘in xafvsizligi qoidalariga rioya qiling!
Namangan FVB Matbuot xizmati
Тасодифий хабарлар
Наманганда шифокор фуқаронинг ўлимига сабабчи бўлди: унга қандай ҳукм ўқилди?
Янги йилни илк кунида 33 ёшли маст ҳайдовчи бу дунёни тарк этди
XV асрдан бери энг узоқ давом этган Ой тутилиши кузатилди (фото)
O‘zbekiston qishda elektr energiyasini o‘chirmaslikka va’da berdi
Ўзбекистонда кислород берувчи аппаратлар, ПЗР-тест, МСКТ бор клиникаларда онлайн навбатни ташкил қилувчи Telegram-бот ишга туширилди