Andijon shahar hokimi ishdan olinishi kutilmoqda. Hozircha uning ishdan olinishiga turtki bo‘lgan holatlar oshkor bo‘lmoqda.
25 avgust kuni Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayevning ishdan olinishi haqida xabar berildi.
Namanganliklar.uz axborot manbasi ma’lumotiga ko‘ra, shahar hokimining ishqiy munosabatlari mansab faoliyatiga putur yetkazgan.
Fotosuratlar ommaga sizdirilgan
Garchi Rahmatullayevning ishdan olinishi hamda bunga sabab bo‘lgan omillar oshkor etilmayotgan bo‘lsa-da, Dilmurod Rahmatullayev va bir ayolning yotoqdagi suratlari ommaga sizdirildi (ushbu suratlar tahririyatda mavjud).
Ayol MTM xodimasi bo'lgan
Ma’lum qilinishicha, Andijon shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida ishlovchi G.Yo. va Dilmurod Rahmatullayev o‘rtasida munosabatlar ommaga oshkor bo‘lishi hokimning obro‘siga putur yetkazgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, G.Yo. va uning yaqin qarindoshi D.Yo. maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga noqonuniy aralashib, ma’muriy resurslaridan foydalanishga uringan. Shundan so‘ng, D.Yo. egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgandi.
Ayni paytda ushbu xabarlarni rasman tasdiqlash imkoniyati yo‘q.
Manba: togri.uz
Тасодифий хабарлар
Ўзбекистонда эртанги кузатилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди
Ўзбекистон яна 250 млн доллар қарз кўтарди
Наманган вилояти йўлларига шовқин чиқарувчи чизиқлар чизилмоқда (Видео)
Чирчиқда вагон устида селфи тушмоқчи бўлган ўсмирни ток урди
“Уруш бадалини оддий одамлар ўз ҳаёти билан тўлайди”. Зеленский рус тилида мурожаат йўллади