Markaziy bankning joriy yil 9 avgustdagi xabarida ichki valuta bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlarning sabablari bayon qilingandi.
So‘nggi kunlarda ichki banklararo valuta bozoridagi savdolarda kurslar o‘zgaruvchanligining o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, 2019 yil 20 avgustdagi birja savdolarida so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursi 9384 so‘m/dollarni tashkil etdi.
Almashuv kursidagi bunday o‘zgarishlar valuta bozorida mavjud talab va taklif nisbati hisobga olingan holda, kursni barqarorlashtirish maqsadida banklararo savdo sessiyalarida joriy kurs o‘zgarishlari diapazonining bekor qilinishiga olib keladi.
Avval xabar qilinganidek, so‘nggi oylardagi ayirboshlash kursi dinamikasi quyidagi omillar ta'sirida shakllandi.
Birinchidan, jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning oshishi va savdo mojarolarining kuchayishi, bu AQSh, Xitoy, yevrohududi va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur'atlarining pasayishiga olib keladi.
Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarning moliya bozorlari, jumladan, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar ushbu o‘zgarishlarga milliy valutalar kursining o‘zgaruvchanligi va qadrsizlanishining kuchayishi orqali munosabat bildirmoqda. Ularning milliy valutalari qadrsizlanishi darajasi inflatsiyadan oldinda, bu so‘mning real qiymatda qadrlanishiga olib keladi.
Ikkinchidan, yuqoridagi omillar iqtisodiyotdagi investitsiya va kredit faolligining oshishi bilan bir qatorda, eksportning «qimmatlashishi» va importning jozibadorligi oshishi ko‘rinishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlarda narx raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.
Natijada, so‘nggi yillarda ichki valuta bozorida talabning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.
Global iqtisodiy rivojlanish tendensiyasi fonida Markaziy bank almashuv kursining shakllanishiga tashqi omillar ta'sirini kuchaytirish ehtimolini istisno qilmagan.
Shu bilan birga, Markaziy bank ichki valuta bozoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va tashqi shoklar ta'sirini yumshatish hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar balansini ta'minlash uchun bozor mexanizmlaridan foydalanadi.
Xususan, Moliya vazirligi bilan birgalikda inflatsiya hamda almashuv kursiga qo‘shimcha bosimga olib keladigan, kreditlash va fiskal ekspansiya jarayonini bosib turish bo‘yicha kelishilgan harakatlar amalga oshiriladi.
Valuta bozorini yanada erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 20 avgustidan boshlab tijorat banklari valuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd xorijiy valuta sotishni boshladi.
Тасодифий хабарлар
Осиё мамлакатлари янги штаммнинг навбатдаги "нишон"и бўлмоқда
Газдан ноқонуний фойдаланган МЧЖ раҳбари давлатга 315,8 млн сўм зарар етказди
Россия Тожикистоннинг 3400 фуқаросини депортация қилди
АДОЛАТ БОР ЭКАН-КУ
АҚШ элчихонаси Green Card ютганлар учун нохуш хабар эълон қилди