Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida davlat organlari matbuot xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishiga doir fikrlarini yozdi.
«Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentning 27 iyun kuni qabul qilingan matbuot xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorining ahamiyati, ayniqsa, jahonda kechayotgan axborot qarama-qarshiligi sharoitida ularning birinchi manba sifatidagi roli, davlat axborot siyosatini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish muhim ekani ta’kidlandi.

Foto: «Facebook»
Yig‘ilishda davlat organlarining axborot faoliyatidagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi, matbuot xizmatlarining ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtiroki sustligi qayd etildi. Natijada davlat organlari katta ishlarni amalga oshirayotganiga qaramay, olib borilayotgan islohotlarning mohiyati hamda Prezident va hukumat qabul qilayotgan qarorlar ahamiyati to‘g‘risidagi axborotni, ular berayotgan bayonotlarning asosiy mazmuni ichki va xorijiy auditoriyaga to‘liq yetkazilishi ta’minlanmayapti» deb yozadi Mirziyoyeva.

Foto: «Facebook»
Tadbir yakunida Axborot sohasidagi yagona davlat siyosati konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, matbuot xizmatlarining media makonidagi ishtirokini kengaytirish, ular huzurida ekspertlar va jurnalistlar guruhlarini tashkil etish, rezonansli voqealar ro‘y berganda davlat organlari rahbarlarining tezkor chiqishlarini uyushtirish, shuningdek, aholini qisqa fursatlarda xabardor qilish masalasiga e’tiborsiz bo‘layotgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan takliflar bildirildi, deyiladi yakunda.
Тасодифий хабарлар
Фатво маркази Мадинада пул эвазига хурмо экишга муносабат билдирди
Эртага айрим жойларда ёмғир ёғади
Самарқандлик 61 ёшли фуқаро бензин ташувчи машинани тўхтатиб, катта фожеанинг олдини олди
Наманганнинг янги ҳокими эскисини тўн кийдириб жўнатди (фото)
Учар йигитларнинг ови бароридан келмади. Улардан жабр кўрган бўлсангиз, хабар беринг