Yangi terminalning loyihasi Humo qushi shaklida ishlab chiqarilgan. Uni 2021 yil sentyabrda yakunlash rejalashtirilgan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJda Mabetex Group tarkibiga kiruvchi B&A Contractors SA va IT Engineering SA kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Toshkent-Sharqiy aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini qurish” loyihasi doirasidagi “Terminal-2”ni barpo etishda hamkorlikda ish olib borish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalasida soʻz yuritildi.
“Xususan, soatiga 1000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega tadbirkor va ishbilarmon doira vakillari uchun zamonaviy kompleks (Terminal-2)ni loyihalashtirish va qurish uchun shartnoma imzolandi”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Maʼlum qilinishicha, yangi terminalning loyihasi Humo qushi shaklida ishlab chiqarilgan boʻlib, mutaxassislar terminalning funktsional maqsadi, yaratiladigan sharoit va qulayliklarga alohida eʼtibor qaratishgan.
Loyihada Terminal-2 binosi barcha klass (VIP va CIP)dagi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishi inobatga olingan.
2-terminal binosi uch qavatdan iborat. Inshootning umumiy zalida restoranlar, chakana savdo doʻkonlari va maʼlumot punktlari, aviakassalar, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqalar oʻrin olgan. Yoʻlovchilarni kutish zalida Duty free doʻkonlari va restoranlari mavjud.
Yangi terminal xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy muhandislik va texnologik uskunalar bilan jihozlanadi: yuklarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimi, oʻz-oʻzini nazorat qilish pesh taxtalari, tekshirishning maxsus texnik vositalari, maxsus terminallarni boshqarish tizimi, teleskopik narvonlar, samolyotlarning avtoturargoh tizimi, maʼlumot taxtalari va boshqalar.
Zamonaviy majmua qurilishi ikki yil ichida amalga oshiriladi, uni 2021 yil sentyabrda yakunlash rejalashtirilgan.
Тасодифий хабарлар
Ер тўғрисида ишониш қийин бўлган 6та ғаройиб факт
Туркияда иккита халқаро аэропорт фаолияти тўхтатилди
Туркияда ўлдирилган аёлнинг жасади Ўзбекистонга қайтарилди
Иккиюзламачи сиёсатчилар фактларни ўзгартира олмайди – Хитой ТИВ Трампга жавоб қайтарди
Шахмат тожи учун баҳс санаси маълум бўлди