Namangan shahridagi “Chorsu” bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Namangan viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutasaddilariga ko‘ra, hodisa 21-iyul kuni soat 01:38 da ro‘y bergan. Oradan 4 daqiqa o‘tib, yong‘inni o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bozorning non rastasi alanga olgan. Rastaning shift hamda tom qismidan 600 kvadrat metr joyi va jihozlar, bozor hududiga tutash “Zulayho sanoat savdo” MChJga qarashli dorixona va uchta savdo do‘konining shift, tom qismidan 200 kvadrat metr joyi jihozlari bilan, jami 800 kvadrat metr maydon yongan.
Ushbu do‘konlar atrofida bo‘lgan “Moskvich-412” rusumli avtomobil ham yonib ketgan.
Yong‘in 02:00 atrofida qurshab olingan va 45 daqiqada o‘chirilgan. Bo‘linmalar tomonidan 1600 kvadrat metr maydon ofatdan saqlab qolingan. Yong‘inni bartaraf etishda 12 ta ekipaj ishtirok etgan.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Тасодифий хабарлар
Расмий хабар! Косонсойда 8 нафар фуқаро ҳалок бўлди
Депутатликка номзод блогер Нозим Сафарининг қўлини тишлаб олишди
Косонсой тумани ҳокими президентнинг Наманган вилоятидаги Халқ қабулхонаси мудири лавозимига тайинланди.
Карантин талабларига риоя қилиниши қатъий назоратга олинади
Ўзбекистонда нодавлат телетармоқ иш бошламоқда