Shohjahon Ergashev: Havaskor boksda Shahram G‘iyosovni yengganman (video)

Shohjahon Ergashev: Havaskor boksda Shahram G‘iyosovni yengganman (video)

Bokschi Shohjahon Ergashev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Shohjahon Ergashev hamkasbi Shahram G‘iyosov bilan o‘rtasida ziddiyat yo‘qligi, uni hurmat qilishi, jang kuni ma’lum bo‘lgan taqdirda jangga tayyorligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Bokschi Shahram G‘iyosov avvalroq “Daryo”ga bergan intervyusida “300 mln dollar berishsa, nega urishmaymiz, urishamiz. Bizning jangimiz hech qachon avvaldan kelishilgan bo‘lmaydi. Agar jang bo‘lsa, haqqoniy jang bo‘ladi”, mazmunidagi fikrlarni aytib o‘tgan edi.

Shahram dunyoda o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan bokschi, olimpiadada O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan. Prezidentimizning qo‘lidan sovg‘a olgan, xalq e’tiborida, hurmati bor. Vatanning bayrog‘ini yelkasiga tashlab AQShda boks tushib yuribdi.

U bola bilan qanday ziddiyatim bo‘lishi mumkin. Havaskor boksda Shahram G‘iyosovni yengganman, ammo unda yengdi degani, 5—6 yil oldin yengdi degani, bugun ham uni yengadi degani emas. Balki yengarman, balki yutqizarman.

Agar daraxt shoxini ustida bir qush turgan bo‘lsa, u daraxtning shoxiga emas, o‘zining qanotlariga ishonib turibdi. Men ham o‘zimning kuchimga ishonib gapiryapman. Xohlagan vaqtda urishaman, kimligining farqi yo‘q. Alloh kuch-quvvat berib, tan-u jonim sog‘ bo‘lsa bo‘ldi. Bir boshidan hammasi bilan urishaman. Odamlar kutyaptimi shu jangni, xo‘p kutsin, bir kuni bo‘ladi. Hamma narsaning o‘z vaqti, soati bor.

Balki, umuman birga jang qilmasmiz. Menga qolsa jang qilmaganimiz ma’qul, chunki ikkalamizning ham maqsadimiz bitta, ya’ni Vatan bayrog‘ini ko‘tarish.

Теглар:
×