Namangan viloyati hududida tezkor-profilaktik tadbirlarning "dolzarb 40 kunligi" doirasida jinoyatchilikka chek qo‘yish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida Namangan viloyati Ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda
Jumladan, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 ta holatda ko‘p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 7 ta holatda 4.615 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o‘tkazish holatlari, 13 dona noqonuniy qurol hamda 190 dona o‘q-dorilarni saqlash holatlari, 61.000 donadan oshiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi holatlariga chek qo‘yildi.
Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxslar ushlanib, qonun ustuvorligi taʼminlandi.
Bundan tashqari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilib, jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Viloyatimiz hududida o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz.
Тасодифий хабарлар
Спиртли ичимликлар коронавирусга чалиниш хавфини оширади – мутахассис
Лондон аэропорти COVID-19 авж олиши сабаб 160 та рейсни бекор қилди
Ўзбекистонда масжидлар босқичма-босқич фаолият бошлайди
Молия вазири ўринбосари вафот этди. У коронавирусга чалинганди
Карантин кучайтирилганига қарамай, коронавирусга чалиниш бўйича антирекорд янгиланди