Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2019-yildan boshlab har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra:
- vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarida rahbar o‘rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun mas’ul etib belgilanadi va “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini o‘tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika bo‘ylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtiriladi.
Shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlari to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiqlandi. Ushbu guruhlarning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etishdan iborat.
Manba: Daryo.uz
Тасодифий хабарлар
«Права» алмаштириш муддати 2021 йил якунигача узайтирилди, Қайта имтиҳон топшириш керак эмас — ДХА
Хонанда ва диктор Шуҳрат Қаюмов вафот этди
Сўнгги соатларда яна бир неча фуқароларда коронавирус қайд этилди
2020 йилда аукцион орқали сотилган авторақамлар суммаси аниқ бўлди
Ўзбекистонда аномал иссиқ сабаб боғчалар вақтинчалик ёпилиши мумкин