Nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomashinalar yoki jamoat tartibiga xavf soluvchi boshqa avtomashinalar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu yangilik bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida qabul qilingan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror va u bilan tasdiqlangan nizomda o‘z aksini topgan.
Shuningdek, oilaviy tadbirlarda (dafn etish marosimidan tashqari) pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda to‘y egalarining shaxsiy avtomashinalari hamda homiylar tomonidan jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar istisno qilinadi.
Qo‘shma majlisda ushbu hujjatning 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirishi to‘g‘risida ham ma'lumot berildi.
Тасодифий хабарлар
Коронавирус билан боғлиқ вазият яхшиланмаяпти
Бир неча ўнлаб украиналик чегарачилар Россия ҳудудига ўтди
Доллар ва евронинг янги миқдори эълон қилинди
Учқўрғон туманида қоровул ишхонасидаги 15.000.000 сўмлик дарвозани ўғирлади
Ижара, ватан мавзуси: Тошкентда ўзига хос адабий челленж бошланди (фото)