Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etildi va Bahromjon Haydarov shaharning vaqtinchalik hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari majlisida shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan.
Viloyat hokimi, vaqtinchalik hokim va sobiq hokim
Majlisda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov qatnashgan va ushbu yig‘ilishda Bahromjon Nosirboyevich Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U shu majlisning o‘zida jamoatchilikka tanishtirildi.
Togri.uz muxbiri shahar hokimligiga qo‘ng‘iroq qilgan, biroq javob bo‘lmagan. Andijon viloyati hokimligining rasmiy saytida Andijon shahar hokimi hamon Dilmurod Rohatullayevich Rahmatullayev sifatida keltirilgan.
Ma’lumot uchun, Bahromjon Haydarov 1972-yil tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi, moliya. U 2018-yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Rahmatullayev 2016-yildan Andijon shahriga hokimlik qilib kelgandi.
Manbalarga ko‘ra, hokimning ishdan ketishiga uning ishqiy munosabatlari sabab bo‘lgan.
Manba: Togri.uz
Тасодифий хабарлар
Ўзбекистонда бензин нархи ошиши тасдиқланди. Қанчага ошади?
Ўзбекистонда 2 кун давомида нотариуслар фаолият кўрсатмаслиги маълум қилинди
Қозоғистонда 16 ёшли қизни зўрлаб ўлдирган ўзбекистонлик эркак умрбодга қамалди
Жинларнинг ҳам мўминлари, кофирлари бўладими?
Диққат! Ҳайдовчилар учун қўшимча даромад ишлаш манбаи яратилди