O‘zbekistonda kafe va restoranlarga qo‘yilgan karantin cheklovlari yumshatiladi. Endi ular soat 20:00 dan keyin ham faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarorida aytilgan.
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilingan.
Pandemiya bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyatda ishbilarmonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘p sonli tadbirkorlarning iltimos va murojaatlarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiya yig‘ilishida umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyati uchun belgilangan cheklovlarni yumshatish masalasi muhokama qilindi.
Shu munosabat bilan aholini ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishning muhim omili ekanligini hisobga olib, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarini pandemiya sharoitida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va emlash jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida maxsus komissiyasining qarori bilan:
2021 yil 10 avgustdan e’tiboran:
- umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi.
Bunda umumiy ovqatlanish ob’ektlariga koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etiladi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno).
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab:
- tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sub’ektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko‘rsatishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Тасодифий хабарлар
Таксиларга қўйиладиган талаблардан бири бекор қилиниши мумкин
Сардор Умурзоқов ҳокимлар ва бошқа раҳбарларни жиддий огоҳлантирди
Россия-Украина можароси Ўзбекистон ва МО давлатларига қандай иқтисодий зарар келтириши айтилди
Самарқандда Malibu'нинг 3 йўловчиси мудҳиш ЙТҲ қурбони бўлди
Qo‘shrabotda tabiiy ko‘lga aholi baliq boqish uchun eshak go‘shti tashlanganini aytmoqda (foto+video)