Bundan ikki yil burun Prezident Shavkat Mirziyoyevning sud organlaridagi ahvol, ayniqsa korrupsiya atalmish balo haddan ziyod urchib ketganini keskin tanqid qilishi ortidan tizimda «tozalash ishlari» boshlagandi. Ayni jarayonda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Marat Abdujabbarov vazifasidan ozod etilib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi hatto. Bir necha oyga cho‘zilgan tergov ishlaridan so‘ng o‘tgan yilning bahorida sobiq sud raisi 16 yilga ozodlikdan mahrum qilgani haqida uzuq-yuluq gaplar uchirdi, biroq bu xabarlar rasman na inkor, na tasdiq etildi.
Yaqinda yana norasmiy xabarlar tarqaldiki, sobiq rais butunlay oqlanibdi.
Uzoq yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning qisqa vaqt ichida oqlangani amaliyotda qariyib uchramaydigan hodisa. Shu bois «Xabar.uz» ayni masalaga oydinlik kiritishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rovnoma yubordi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati M. Abdujabbarov oqlanganini rasman tasdiqladi. Unga ko‘ra: «Jinoyat-protsessual kodeksi va Oliy sud Plenumi qarorining dalillar maqbulligiga oid talablaridan kelib chiqib, M.Abdujabbarovni ayblash uchun asos qilib olingan dalillar ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilishida nomaqbul deb topilgan. Natijada sud jinoyat ishining unga oid qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 1-bandi (jinoiy hodisa yuz bermaganligi), 2-bandi (qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi) va 3-bandi (sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmaganligi)ga asosan tugatgan».
Javobdan ko‘rinadiki, oqlovga nisbatan Bosh prokuraturaning e’tirozi yo‘q.
Darvoqe, sobiq sud raisi qanday jinoyatlarda ayblangani ochiqlanmagan.
Qachonlardir nohaq javobgarlikka tortilib, oqlanish ilijida yurganlarga ham Marat Abdujabbarovning yo‘lini bersin.
Тасодифий хабарлар
Manba: Andijon shahar hokimining ishqiy munosabatlari faoliyatiga putur yetkazdi
2021 йилда порахўрлик 3 баробарга ортиб, моддий зарар 1,3 трлн сўмга етган. Наманган вилоятида ҳам энг ёмон кўрсаткич қайд этилган.
Файзуллаев ёзда Италияга кетади – манба
Шаҳар ва туманларнинг “қизил”, “сариқ” ва “яшил” тоифалари янгиланди
+303. Коронавирусга чалинишлар сони юқорилигича қоляпти, улардан 6 нафари Намангандан