O‘zbekiston va xorijlik sayyohlar uchun yangi loyihaga qo‘l urildi. Joriy yilning 22—27 avgust kunlari mamlakatda «O‘zbekiston — sivilizatsiya va yo‘llar chorrahasi: imperiyalar, din, madaniyat» nomli madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tadi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Haftalik tadbirlari O‘zbekistonning to‘rtta shahri — Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqandda o‘tishi belgilangan.
Poytaxtda mazkur madaniy meros haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Haftalik doirasida rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov, «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasi rahbari F.Abduxoliqov va boshqa mas’ul mutaxassislar ma’lumot berdi.
Xususan, 22 avgust kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida xalqaro olimlarning ko‘plab so‘rovlariga binoan mustaqillik yillarida birinchi marta O‘rta Osiyoda I asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan, yetarlicha o‘rganilmagan va bir vaqtlar qudratli bo‘lgan Kushon imperiyasi davriga oid noyob asarlar namoyish etiladi.
Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa qadimgi shahar qazilmalarida topilgan afsonaviy «Dalvarzin oltini»ning namoyishi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi tabiiy.
1972 yilda qazish paytida akademik E.Rtveladze boshchiligidagi bir guruh arxeologlar ushbu mintaqa tarixidagi I asrga tegishli, og‘irligi 36 kg bo‘lgan eng katta oltin buyumlar xazinasini topgan. Bugungi kunga qadar ushbu noyob xazinalar davlat fondida saqlanib kelingan va ular ilgari namoyish etilmagan.
«Bu kabi tarixiy obidalar va noyob topilmalarni avvalo yurtdoshlarimizga ko‘rsatishimiz kerak. Shundagina xorijliklarni qiziqtira olamiz», — dedi A Abduhakimov.
Haftalik doirasida hujjatli film ham suratga olinadi. Bu boradagi o‘rganishlar, press-turlarning tashkil etilishi sayyohlarga to‘liq ma’lumot berishda muhim ahamiyatga ega.
24 avgust kuni Haftalik ishtirokchilari va mehmonlari Termiz shahriga yo‘l oladi. U yerda jahon tarixini o‘rganish borasidagi muhim voqealar bo‘lib o‘tadi. Bu yerda birinchi marta «O‘zbekiston — sivilizatsiyalar chorrahasida» arxeologik konferensiyasi doirasida dunyoning taniqli sharqshunoslari ma’ruzalari tinglanadi.
Termizda Madaniy meros haftaligi qatnashchilari va mehmonlari Surxondaryo viloyatidagi qadimiy shaharlar xarobalari, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, eramizning I-III asrlariga tegishli Budda ibodatxonasi majmuasi, Fayoztepa, shuningdek, Termiz arxeologiya muzeyini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston — sivilizatsiya va yo‘llar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar chorrahasi» madaniy meros haftaligi doirasida Kushon imperiyasiga bag‘ishlangan hujjatli film va kitoblar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
«O‘zbekiston boy tarixga ega. Surxondaryoning ham tarixi boy. 2015 yilda kapital ta’mirlash ishlari bo‘lgan. Termiz Arxeologiya muzeyiga kirish mumkin bo‘lmagan. Shunda ham hech bo‘lmasa bitta topilmani ko‘rib ketaylik, deb qiziqqan xorijlik sayyohlar ko‘p bo‘lgan. Shuning o‘ziyoq tariximizga bo‘lgan qiziqish yuqoriligidan darak beradi», – deydi Surxondaryo viloyati turizmni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Z. Alimardonova.
Anjumanda turizm, arxeologik qazilmalar, ko‘rgazmalar haqida ma’lumot berildi.
Тасодифий хабарлар
Мирзиёев ШҲТ саммитида нималарни таклиф қилди?
Наманган шаҳрида 30 кишидан ортиқ тўй қилган ҳонадон эгаси жаримага тортилди
Ўзбекистонликларнинг қанчаси 2 млндан кўп ва кам ойлик олади?
Хитой вакцинаси Тошкентга олиб келинди. Вазир режадаги ишлар ҳақида маълумот берди
“ҲАЙИТЛИК ОЛГАН БОЛАЛАР”: Улар пулларини нимага сарфлашмоқда?