O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasiga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
«Manas» xalqaro aeroportida Aripovni Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Jenish Razakov kutib oldi.
Aripovning amaliy tashrifi doirasida Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Foto: Qirg‘iziston Respublikasi hukumati matbuot xizmati
Bundan tashqari, O‘zbekiston bosh vazirini Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov qabul qiladi.
Bundan oldin, Abdulla Aripov 1 avgust kuni Bishkekka tashrif buyurishi xabar qilingandi.
Тасодифий хабарлар
Юлдуз Усмонова иштирокидаги видеотасвир юзасидан ИИВ суриштирув бошлаганини маьлум қилди
Ўзбекистондаги чанг ҳавонинг асосий сабаблари айтилди
2022 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланди
COVID-19'дан вафот этган тиббиёт ходимлари хотирасига хиёбон ташкил этилади
Оҳангаронда “Зил-130” юк машинаси ёниб кетди