Aktrisa Saida Saidbekova 28 yanvar, shanba kuni turmushga chiqdi. Bu haqda uning hamkasbi, aktrisa Muqaddas Sa’dullaeva Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
«Saida, baxtli bo‘ling! Taqdiringiz hamisha go‘zal bo‘lsin! Aytib o‘taman: Saida Saidbekova Instagram’da yo‘q, uning nomidan ochilgan profil esa soxta!», — deb yozgan Muqaddas Sa’dullaeva o‘z xabarida.
Instagram’da taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, to‘y marosimi Toshkentdagi «Versal» to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq Saida Saidbekova yanvar oxirida turmushga chiqishi kutilayotgani, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i shou-biznes olamidan yiroq bo‘lgani sabab, aktrisani barcha ijtimoiy tarmoqlardan cheklab qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Тасодифий хабарлар
Самарқандда эҳтиёжмандларга ажратилган арзон уннинг қопига 15 минг сўм қўшиб сотган маҳалла раиси қамалди
Ўзбекистонда коронавирусга чалинганлар сони 100 000 га яқинлашмоқда
Наманганда икки нафар 2019 йилда туғилган чақалоқ коронавирусдан тузалди
Наманган шаҳар Заркент махалласида коронавирусдан фуқаро вафот эткани ростми?
«Ўзгидромет» баҳорнинг биринчи ҳафтасида қандай об-ҳаво кутилаётганини эълон қилди