Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili sifatida hududlar hamkorligi Forumning asosiy mavzusi boʻladi.
Minskda Oʻzbekiston - Belarus hududlari forumi ish boshlaydi.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining axborot xizmatining maʼlum qilishicha, unda ikki mamlakat hududlari, vazirliklari va idoralari vakillari, parlament aʼzolari, tadbirkorlik doiralari ishtirok etadi. Forumda Oʻzbekiston delegatsiyasiga Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev rahbarlik qiladi.
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili sifatida hududlar hamkorligi Forumning asosiy mavzusi boʻladi.
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasini yangilash masalalarini, yangi qoʻshma korxonalar tashkil etish, tovar oʻtkazish tarmogʻini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari va taʼlim sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Forum doirasida quyidagi uchta sektsiya ish olib boradi: agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, gumanitar sohada, axborot texnologiyalari va ilm-fan sohasida oʻzaro hamkorlik.
Tadbirda qator mintaqalararo bitimlar va tijorat kontraktlari imzolash rejalashtirilmoqda. Forum mehmonlari va ishtirokchilari Oʻzbekiston tovarlari koʻrgazma-yarmarkasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.
Hududlar forumi Belarus poytaxti Minsk shahrida ikki kun, 29-30 iyul kunlari boʻlib oʻtadi.
Oʻtgan yil sentyabr oyida Toshkentda Ishbilarmonlik va hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston va Belarus hududlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish uchun poydevor qoʻyildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Belarusga tashrif buyurishi haqida xabar qilgan edik. Minskda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarning ayrim yakunlari tahlil qilinadi va yangi ustuvor loyihalar belgilab olinadi.
Тасодифий хабарлар
Нурмагомедов-Макгрегор реванш жанги қандай шарт билан ўтказилиши мумкинлиги айтилди
Тошкентдаги иккита муҳим йўлда юк машиналари ҳаракатини тақиқлашмоқчи
Бесоқолбозлик тарғиботчиси Бозоровнинг судида Аброр Мухтор Алий жабрланувчи сифатида иштирок этмоқда
Президент янги фармон имзолади
Ўзбекистонда суюлтирилган газ баллонлари онлайн назоратга олинади