Namangan viloyatida O‘zbekiston-Xitoy “Namangan Jinmingyang building materials” yirik sement zavod qurilishi boshlandi. Yangi zavodda yiliga 1,5 million tonna sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zavodning qurilishiga Xitoy tomoni 90 mln dollar kiritadi.

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston-Xitoy “Namangan Jinmingyang building materials” zavodi qurilishi boshlandi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Zavod loyihasi 105 million dollarni tashkil qiladi. Bu zavod keyingi yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Zavod uchun 40 gektar maydon ajratilgan
Yangi zavodda yiliga 1,5 million tonna sement ishlab chiqarish ko‘zlangan.

“Namangan Jinmingyang building materials” 40 gektar maydonda barpo etiladi. Bu zavod “Bunyodkor Maxsudbek Fayz” va Xitoyning “Hebei Yijia Cheng Trading Co. LTD” kompaniyasi tomonidan tashkil qilinadi. Xitoyliklar bu loyihaga 90 million dollar, qolgan qismini esa O‘zbekiston tomoni kiritadi.
Ko‘pgina ish o‘rni yaratiladi
Zavodda zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatiladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 700 dan ortiq ish o‘rinlar yaratiladi.
Тасодифий хабарлар
Россияда ўзбекистонликни отиб кетган ёлланма қотил ушланди
25 декабрдан Ўзбекистонда карантин чоралари кучайтирилиши ростми?
Ҳабиб ва Гэтжи ўртасидаги жанг қачон бўлиши эълон қилинди
«Нима учун йўқ газга пул тўлаяпмиз?» Маҳалладаги «заправка» сабаб аҳоли хонадонларида газ босими тушиб кетмоқда
Yevropaning eng yirik masjidini o‘zbek me’morlari barpo etgani ma’lum bo‘ldi