AnTuTu iyun oyining eng samarali Android smartfonlar to‘plamini e’lon qildi. Spot’ning xabar berishicha, kuchli 10 talikning birinchi pog‘onasini OnePlus 7 Pro egalladi. U o‘rtacha 371,000 ball to‘pladi. Qurilma Snapdragon 855 protsessori va 6/8/12 GB operativ xotira bilan ishlaydi
Bundan tashqari, unda 6,67 dyuymli va kadrlarni 90 Gts chastotada yangilaydigan QHD+ displey o‘rnatilgan. Yangilik Warp Charge 30 (20 daqiqa davomida 50 foiz) tezda quvvatlagichi, UFS 3.0 xotirasi va uchta asosiy kameraga ega.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinni Xiaomi smartfonlari egalladi: Mi 9 (369 ming ball) va Black Shark 2 (366 ming ball).

Foto: Spot
Keyingi o‘rinlarda Redmi K20 Pro, OnePlus 7, Sony Xperia 1, LG V50 ThinQ 5G, Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820 chipi), Galaxy S10 5G (Exynos 9820 chipi) va Galaxy S10 (Exynos 9820 chipi) joylashdi.
Тасодифий хабарлар
Профилактика инспекторлари эзилиб кетяпти – собиқ ИИО ходими Бобожоновга мурожаат билан чиқди
Янги штамм нимаси билан хавфли ва дунё бўйлаб қанчалик тез тарқалади?
Навбатдаги спортчилар оиласи турмуш қурди
Тошкент–Наманган автомобиль йўлида интеллектуал транспорт тизими жорий этилади
Наманганда ва яна 5 та вилоятда сел-сув тошқини юзага келиши кутилмоқда