Chechenistonda respublikani boshqarayotgan elita qatlami orasida ommaviy “tozalash” amalga oshirilgani ma’lum qilindi. “Novaya gazeta” tomonidan ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar orasida respublika bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vaziri Ruslan Yahyoyev, sobiq o‘rmon xo‘jaligi vaziri Dikmogamed Mullayev, ijtimoiy blok bo‘yicha bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Xolid Vayxonov va boshqa yuqori mansabli mutasaddilar bor.
“Tozalash” avgust oyida, Argun shahri meri Ibrohim Temirboyev ishdan bo‘shatilganidan bir necha kun o‘tgach boshlangan. Ibrohim Temirboyev va respublikaning amaldagi rahbari Ramzan Qodirov o‘rtasidagi qarama-qarshi munosabatlar 2006-yilda yuzaga kelgan. O‘shanda Temirboyev o‘sha vaqtdagi respublika rahbari Ali Alxanov bilan uchrashuv vaqtida uni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgan. Aniqlik kiritilishicha, uchrashuvda Idris G‘oibov va Shamil Magmayev kabi o‘sha vaqtdagi kuch tuzilmalarining katta ta’sirga ega mansabdorlari ham ishtirok etgan. Ular o‘tgan yilda qo‘lga olingan va qiynoqqa solingan.
Nashrning yozishicha, Temirboyev telefon so‘zlashuvlarida Qodirov va uning oilasi haqida siyosiy jihatdan noto‘g‘ri gapirgan, bu so‘zlashuvlar esa eshitilgan. Natijada Argun merligiga Qodirovning 28 yoshli qarindoshi tayinlangan.
Xabar berilishicha, respublika bo‘yicha ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Apti Olovuddinov ham qo‘lga olingan. Olovuddinov Temirboyevning uyida mehmon bo‘lganda Qodirovning portretini mazax qilganligi aytilmoqda. Baza nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Olovuddinov va Qodirov o‘rtasidagi nizo Olovuddinov tomonidan uyushtirilgan bazmdan so‘ng yuzaga kelgan. Bazmda Checheniston YHX davlat inspeksiyasining sobiq boshlig‘i Shamxan Denilxonov va FVVning mahalliy rahbari Ruslan Yahyoyev ham ishtirok etgan. Ma’lum bo‘lishicha, aynan ana shu bazmda Olovuddinov mast holatda boshqalar bilan birga Qodirovning portretini mazax qilgan. Bazm haqida Temirboyev so‘roq vaqtida gapirgan.
Тасодифий хабарлар
“Бахти Ташкентский”га яна бир айблов қўйилди
Инсониятда дунёни қутқариш учун атиги 2 йил қолди – БМТ
«UzAuto Motors» машиналар нархларини туширмоқчи эмас
Наманганда юз берган ўзаро тортишув жиноятга етаклади
Instagram'нинг фаол фойдаланувчилари сони 2 миллиарддан ортди