O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 1-oktabr, seshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Rossiya ishbilarmonlik kengashining to‘rtinchi majlisida Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“Aminmanki, Shavkat Mirziyoyevning kelgusi yil boshida — fevralda Moskvaga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tashrifi aloqalarimizni mustahkamlashda yana bir qadam bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan Sodiq Safoyev.
Sodiq Safoyevning ma’lum qilishicha, 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi o‘tgan yilning xuddi davriga nisbatan 10 foizga o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Rossiya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari hajmi 9 milliard dollardan ziyodroqni tashkil etgan.
Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlar yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasini imzoladi.
Тасодифий хабарлар
“Бунга унча-мунча давлатнинг дош бериши ўзи бўлмайди”. Президент Сардоба фожиаси ҳақида гапирди
Навоий кўчасида ишкал: жанжалнинг жабрини «Матиз» кўрди
Ўзбекистон мусулмонлари идораси уламолар кенгаши мурожаат билан чиқди
Энг кўп аҳоли яшайдиган вилоят номи эълон қилинди
Электрошокер ва электродубинкалар. Ички ишлар ходимлари янги қуролдан қандай вазиятда фойдаланади?