“E” guruhidan o‘rin olgan bahsda Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” o‘z maydonida Avstriyaning “Zalsburg” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “qizillar” vakillari Sadio Mane (9), Endryu Robertson (25) hamda Muhammad Saloh (36, 69) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Xvan Xi Chxan (39), Takumi Minamino (56) va Erling Holand (60) bittadan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Liverpul” o‘z uyida kechgan bahsda “Zalsburg”ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Klopp jamoasi ochkolari sonini 3 taga yetkazib oldi va guruh jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Zalsburg” esa xuddi shuncha ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Тасодифий хабарлар
Ашхободда йигит ва қизларнинг бирга юриши тақиқланди – ОАВ
Президент Шавкат Мирзиёев янги қарорни имзолади
Расул Кушербаев: "Афсуски, бу нарсалар фақат қоғозда ва тилда қолиб кетяпти" (ВИДЕО)
«Менга таъсир қилмайди, менга тегишли эмас экан, деганлар хато қилади». Президент коронавирусга қарши огоҳликка чақирди
Ўзбекистонда биринчи Исломий молия кенгаши ташкил этилди