O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Saidakbarxon Akbarov o‘qishdagi yuklamalarning ortib ketgani sababli lavozimini tark etishini ma’lum qildi.
Saidakbarxon Akbarov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yoshlar turizmini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni kiritish va smart turizm, shuningdek, bu sohada ta’lim xizmatlarini muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullanayotgan edi.
Akbarov mazkur lavozimga 2018 yilning avgust oyida tayinlangan edi. Ta’kidlash joizki, bu lavozimga uning nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida o‘tgan yig‘ilishda taklif qilgandi.
Saidakbarxon Akbarov Toshkent Xalqaro Vestminister universitetining 4-bosqich talabasi. U Yoshlar ittifoqining yosh tadbirkorlar tarkibiga kiradi. 2013 yildan 2018 yilgacha o‘quv markazlari tizmini boshqargan. Akbarov Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tgan BMT konferensiyasida ishtirok etgan.
Тасодифий хабарлар
Олимлар коронавирусни йўқ қилишга қодир ҳаво фильтрини яратди
Ҳабиб ва Жастин ўртасидаги жанг олдиндан келишилганми?
«Ёшларимизнинг ҳулқ-атвори, юриш-туриши, тарбияси мени безовда қилмоқда» – Президент
АОКА судда журналистлар иштирокини таъминлаш учун кураш бошлади
“Геноцидга томошабинмиз ва ҳеч нарса қилолмаяпмиз”. БМТ амалдори Фаластин учун истеъфога чиқди