Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida yengil metro qurish boʻyicha topshiriq berdi.
Samarqand viloyatida yengil metro quriladi, deb xabar qildi Everyday.uz.
Xabarda aytilishicha, Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali boʻyida turistik markaz qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni bu yerga tashrif buyurib, shu boradagi loyiha taklifi bilan tanishdi.
Majmua uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa obʼyektlar qurilishi moʻljallangan. Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli boʻlib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sunʼiy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi.
"Prezidentimiz bu yerda bolalar dam olishi uchun oromgoh qurish boʻyicha topshiriq berdi. Yurtboshimiz aholiga qulaylik yaratish nuqtai nazaridan, yaʼni koʻp aholi yashovchi mavzelardan transport logistikasining yechimi sifatida Samarqandda yengil metro qurish topshirigʻini ham berdilar. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida Samarqand viloyati va Samarqand shahrining eng asosiy daromad manbaiga turizm sohasi aylanishi kutilmoqda" - dedi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.
Тасодифий хабарлар
Якка тартибда уй-жой қуриш учун ер майдонларини ажратиш қандай тартибда амалга оширилади?
Элчихона Украинадаги ўзбекистонлик талабаларга мурожаат билан чиқди
Ҳиндистон талабаларига Ўзбекистондаги тиббиёт олийгоҳида ўқишни тақиқлади
Тошкент вилоятида 2,4 мингга яқин маҳкум муддатидан олдин озод этилгани маълум бўлди
Россияда кўпхотинликка рухсат берувчи фатво бекор қилинди