Istanbulning Esenyurt tumanida tipografiyaga uyushtirilgan operatsiya vaqtida soxta 271 million 150 ming AQSh dollari topildi. Politsiya bunga aloqador 5 kishini qo‘lga oldi.
Istanbulning Esenyurt tumanidagi tipografiyaga reyd uyushtirildi. Reyd oqibatida soxta 271 million 150 ming AQSh dollari borligi aniqlandi.
Qo‘lga olingan soxta pul. Foto: ntv.com.tr
Tipografiyada 271 million soxta AQSh dollari qo‘lga olingan
Tipografiyaga uyushtirilgan operatsiyada dastlab biror-bir jinoiy alomat kuzatilmagan. Biroq sinchiklab olib borilgan kuzatuvda elektrik panel ortida maxfiy eshik borligini aniqlangan.
U yerda qariyb 271 million 150 ming soxta AQSh dollari topilgan. Voqea ortidan boshlangan surishtiruv ishida orasida bir politsiyachi bo‘lgan 5 kishi qo‘lga olindi. Ular FETO tashkilotiga oidligi ham aniqlangan.
Rasmiylar qo‘lga olingan soxta pul shu paytgacha bo‘lgan eng yirik miqdordagi summa ekanligini ma’lum qilishdi. Shuningdek, bu pullar FETO’ga yuborilgani yoki yo‘qligi o‘rganilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ushakda maxsus kuchlar tomonidan amalga oshirilgan operatsiya vaqtida bir guruh kishilardan 1 million dollarlik banknota topilgan. Qo‘lga olingan uch kishi bunday miqdordagi banknotani qayerdan topgani surishtirilmoqda.
Тасодифий хабарлар
5 июлдан автомобиллар ҳаракати яна чекланади
Ўзбекистонда долларнинг расмий курси кескин кўтарилди
“Амирсой”га олиб борувчи йўлда кўчки юз берди
Путин ўз жонига қасд қилиш ҳақидаги хатга имзо чекади – Жон Болтон
Коронавирус бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича қолмоқда – Нурмат Отабеков