Namanganda 28 yoshli ayol M.Q. 26 yoshli yigit tanishi U.K.ni o‘zaro janjal sababli pichoqlab qo‘ydi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea Namangan shahri, 5-kichik tumanida 27-noyabr kuni soat 03:30 larda sodir bo‘lgan.
Ayol yigit bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ng uyda bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uni qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Тасодифий хабарлар
Наманганда ўзига ўт қўйиб, жонига қасд қилган талаба вафот этди
Боғчалардаги “ўйин”лар: сифатсиз таомлардан ота-оналар тўловларининг ўзлаштирилишигача
Блогер Абдуқодир Мўминов ҳибсга олинди
Қирғизистонда Президент амалдорлар билан футбол бўйича беллашяпти
Фуқароларни Европага ишга юборишини ваъда қилган МЧЖ раҳбари ушланди