Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining Shahand qishlog‘ida yashovchi 65 yoshli Muhiddin Tojiboyevning baliq tutishga ishtiyoqi fojia bilan tugadi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, qo‘shni Mingbuloq tumanidan oqib o‘tadigan, xalq tili bilan aytganda “Bomba” kanali deb nomlanuvchi inshootdan baliq tutish uchun tashlangan to‘rning orqasidan suzib borayotgan to‘rt nafar “ovchi”girdobga duch kelib qolgan. Sheriklari bir amallab undan uzoqlashishga muvaffaq bo‘lgan. Muhiddin akani esa shiddat bilan oqayotgan suvning uyuri domiga tortgan.
Hodisa 28-iyun kuni sodir bo‘lgan edi. Ikki kunlik qidiruvdan so‘ng M. Tojiboyevning jasadi kanalning quyi qismidan qalqib chiqqan.
Тасодифий хабарлар
Ҳиндистонда номаълум касалликни юқтирганлар 800 дан ошди, бир киши вафот этди
Ҳусановнинг “Кристал Пэлас”га қарши ўйини қандай баҳоланди?
Наманганда эрининг машинасини бошқарган аёл ЙПХ ходимини уриб юбориб, қочиб кетди
4 ҳоким жазога тортилиши мумкин
Apple нархи 3 трлн доллардан ошган тарихдаги биринчи компания бўлди