30-avgust kuni Pop—Namangan elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali tezyurar yo‘lovchi poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Oldinlari temir yo‘l orqali Namangandan Toshkentga borishni istaganlar viloyat markazidan ancha olisda joylashgan Pop tumaniga qatnashi yoki aksincha, poytaxtdan poyezdga o‘tirgan yo‘lovchi Popda, oxirgi bekatda tushib qolib, yana mashinada manziliga ketishiga to‘g‘ri kelardi. Endi bunga hojat qolmadi.

Foto: Hamdamjon Mamadaliyev
Yo‘lning mazkur qismi Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Rovuston va Namangan bekatlarini o‘z ichiga oladi va umumiy uzunligi 45 kilometrdan iborat. Ushbu masofada jami 690 ta tayanch ustuni, 690 ta konsol o‘rnatildi, kontakt simlari tortildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutasaddilariga ko‘ra, temir yo‘l tarmog‘ining mazkur qismida teplovozlar zamonaviy elektrovozlarga almashtirilishi harakat tezligini oshirish hamda yuk va yo‘lovchi tashish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Jumladan, teplovozlar yoqilg‘i sarfi bilan solishtirganda xarajatlar 3 barobarga qisqaradi.

Elektrlashtirilgan temir yo‘lning foydalanishga topshirish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Akmal Kamolov ishtirok etdi.

Marosim ishtirokchilari Namangan temir yo‘l vokzalida xodimlar, yo‘lovchi va ularni kuzatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, “Pop – Namangan – Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish” loyihasining umumiy qiymati 202,3 million dollar bo‘lib, bundan 80 millioni Osiyo taraqqiyot banki mablag‘i hisobiga to‘g‘ri keladi.
manba: daryo.uz
Тасодифий хабарлар
Баъзи бир «газ заправкалар» томонидан 26 млрд сўмлик табиий газ талон-торож қилинган
Хайрулло Бозоров Наманган шаҳрида 9 кунлик таътил эълон қилди
Намангандаги ўғирликни мактаб ўқувчиси содир этди
Вилоятларда дронлар шоуси қачон ўтказилиши юзасидан маълумот берилди
Ўзбекистонлик аёллар асосан неча ёшда оила қурмоқда?