"Uch ildiz" operatsiyasi: DXX Uchqo‘rg‘onda yirik miqdordagi og‘uni fosh etdi

"Uch ildiz" operatsiyasi: DXX Uchqo‘rg‘onda yirik miqdordagi og‘uni fosh etdi

- Allo Malik aka “xaydar”dan bormi, “erkatoy”dan telefon kelib qoldi.

- Ukam, quyosh chiqar tamonlarda suhbatlashaylik?..

Ushbu qisqa suhbatda insonni razolatga etaklovchi jarlik bor edi.

Shu yilning 5 iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanidagi dehqon bozori yonidan o‘tuvchi yo‘l avtomobilь va odamlar bilan gavjum. Har kim o‘z tashvishi sari shoshmoqda. Ammo gavjumlik orasida bir sukunat yashiringan. U ham bo‘lsa “Spark” mashinasining kuzatuvi.

- Ob’ekt aytilgan manzilga yaqinlashmoqda.

- To‘xtatilsin!!!

Ha. Shu kuni “Qoradori” keng qamrovli tadbiri edi. Ushbu tadbir Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida amalga oshirildi.

Yo‘l chetiga to‘xtatilgan “Spark” avtomashinasi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirala boshlandi. Avtomobil egasi Namangan shahrida istiqomat qiluvchi Jamol Tojiboev ko‘zlari jovdirab, o‘zini har kuyga solishga harakat qilar edi. Ammo hammasi kech edi.

Avtomashina salonidan ko‘rinishi giyohvand moddalariga o‘xshash 5 bo‘lak paketga o‘ralgan to‘q jigarrang-qoramtir rangdagi o‘tkir hidli modda va bir dona elektron tarozi borligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

- Endi jo‘ra “noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanmaginda” deya tergovni boshladi xodim.

- Bosh og‘riq dorisini kimdan, qaerdan olding? Oldindan aytib qo‘yayin: yashirishga urina ko‘rma, Uchqo‘rg‘onda “Norin” daryosi tez oqadi. Bola-chaqang bor orqangda... Tushunding-a?

Tojiboev “tovar”ni Uchqo‘rg‘on tumani Sohil mahallasida yashovchi “Malik” ismli shaxsdan 2 ming 800 AQSh dollari evaziga sotib olganligi to‘g‘risda ko‘rsatma berdi.

Ikkinchi operatsiya boshlandi: Barcha tezkor xodimlar diqqatiga!!! “Malik” ismli shaxsga aniqlik kiritilsin.

- Abdumalik Yunusov 1977 yil 3 iyulda tug‘ilgan. Hozirda Uchqo‘rg‘on tumani, Yog‘du mahallasida turadi.

- Tezkorlikda qo‘lga olinsin.

Shu kuni “Malik” tilga kirdi, - men 100 dollar xizmat evaziga ushbu paketlarni Jamolga sotgan edim, – deya o‘zini oqlay boshladi.

Shuningdek, ushbu giyohvand moddasini Uchqo‘rg‘on tumani “Yog‘du” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi, 1993 yilda tug‘ilgan Islom Tursunboevdan olganini ham “oqizmay” so‘zladi.

Shundan so‘ng, Tursunboev xonadoniga “mehmon”lar tashrif ayladi. Kutilmagan mehmonlardan qutilish yo‘li yo‘qligini tushungan Islom xodimlarni ko‘p savolga qo‘ymay uyida saqlab turgan qo‘shimcha 285,05 gr. giyohvand moddalarni ham o‘z ixtiyori bilan topshirdi.

Xulosa qilar ekansiz, “hurmatli xaydarchi”lar shunday tinchlikni ta’minlab turgan organ xodimlaridan noqonuniy ishlaringizni yashiraman deb yurmanglar.

×