Registon maydonida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu yilgi festivalga musiqa va san’at yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 200 ta talabalardan 80 nafari tanlab olindi.

Hozirda Registon maydonida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Talabalar tanlab olingan
“Bu jarayonlar aslida 10 iyunda, Toshkent shahrida boshlangan edi. Bu yilgi tadbirga musiqa va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 nafar talaba orasidan 80 nafari tanlab olingan”, deydi festivalь ijrochi direktori Farhod Jo‘rayev.

Tayyorgarlik uzluksiz davom etadi
Tayyorgarlik jarayoni har kuni 9:00 dan 12:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha Registon maydonida bo‘lib o‘tadi. Boshqa paytlarda esa tayyorgarlik viloyat musiqa teatrida, San’at kolleji konsert zalida ham davom ettiriladi.

Тасодифий хабарлар
Мактабга формада келмаган ўқувчига қандай жазо қўллаш мумкин?
Telegram даромадлари очиқланди
Қашқадарёда тадбиркор дўконини бузмоқчи бўлган ҳоким ўринбосарини ёқиб юборди (+видео)
2022 йилда газ, “свет” ва сув учун тарифлар оширилади
Ўзбекистонда яна 36 кишида коронавирус инфекцияси аниқланди