Jahon banki Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini maʼqulladi. Bankning matbuot xizmati xabar berişiça, mablağ yangi iş örinlari yaratişga, xususiy sektorni rivojlantirişga va iqtisodiyotning ekologik barqarorligini oşirişga sarflanadi.
2029–2031 yillarda rejalaştirilgan çora-tadbirlar 275 mingta qöşimça va sifatli iş örnini yaratişi kutilmoqda. Islohotlar mamlakatning barça hududlarida xotin-qizlar, fermerlar va tadbirkorlar uçun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiradi.
Ijtimoiy himoya va davlat korxonalari
Bank kömagida ijtimoiy suğurta qamrovi kengayadi. Bu homiladorlik va tuğiş, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalarga ham tegişli. Xavfsiz va munosib mehnat şaroitlarini taʼminlaş mexanizmlari takomillaştiriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalarga xizmat sifati yaxşilanadi.
Davlat korxonalarini isloh qiliş va adolatli raqobat muhitini mustahkamlaş işlari davom etadi. Bu xususiy biznesga, investitsiya jalb qilişga va innovatsiyalarni joriy etişga yöl oçadi.
Savdo tartib-taomillari modernizatsiya qilinib, raqamlaştiriladi. Taşqi savdo uçun “yagona darça” tizimi mustahkamlanadi, çegaradagi rasmiylaştiriş soddalaşadi. Bu korxonalarga xalqaro savdoni arzonroq qiliş imkonini beradi va Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişiga ham xizmat qiladi.
Raqamli soha, energetika va qişloq xöjaligi
Maʼlumotlarni xavfsiz transçegaraviy uzatiş qoidalari takomillaştiriladi. Korxonalar raqamli texnologiyalar, bulutli xizmatlar va xalqaro platformalardan faolroq foydalana oladi. 2028 yilgaça yana 500 ming foydalanuvçini, jumladan, 250 ming xotin-qizni keng polosali internet bilan taʼminlaş közda tutilgan.
Energetikada elektr va tabiiy gaz bozorlarini tartibga soluvçi qoidalar hamda institutlar takomillaştiriladi. Elektr işlab çiqariş va taqsimlaşga xususiy investitsiya uçun imkoniyatlar kengayadi. 2028 yilgaça isteʼmolçilarning 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaradigan tarmoqlar orqali xizmat körsatiş rejalaştirilgan.
Fermer va çorvadorlarni qurğoqçilik, suv toşqini va boşqa xatarlardan himoya qiliş uçun suğurta xizmatlari kengaytiriladi. 2028 yilga borib ularning 35 foizini suğurta bilan qamrab oliş möljallangan. Şuningdek, binolarning energiya samaradorligi standartlari yaxşilanadi. 2028 yilgaça bu sohaga 10 mln dollar xususiy investitsiya jalb qiliş va taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya quvvatini 3 000 MVtga yetkaziş maqsad qilingan.
Avvalroq Jahon banki Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantiriş uçun 100 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratişni ham maʼqullagan edi. матн>









