Ilon Maskning xAI kompaniyasida işlagan uç mutaxassis yangi startap oçdi. Epochal deb nomlangan korxona sunʼiy intellekt (SI) yordamida kelajakdagi voqealarni başorat qilişga ixtisoslaşadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Startapga Guodong Çjan, Çjan Dai va Manuel Kreuss asos solgan. Ular 2026 yil fevralida xAI kompaniyasi SpaceX bilan birlaşganidan keyin Mask jamoasidan ketgan. Hozir loyihaga xAI, OpenAI, Anthropic va Gugl kompaniyalarining sobiq xodimlari ham qöşilmoqda.
«Vaqt portali» qanday işlaydi
Epochal sunʼiy intellektga internetning ötmişdagi arxiv nusxalarini oçib beruvçi maxsus tizim işlab çiqqan. Kompaniya bu texnologiyani «vaqt portali» deb atamoqda. Tizim eski maʼlumotlar asosida SI ni öqitadi va uni kelajakda bölişi mumkin bölgan voqealarni oldindan aytişga örgatadi.
Asosçilar har qanday qaror kelajakni taxmin qilişga tayanişini taʼkidlaydi. Ularning fikriça, SI kelajakni insondan aniqroq başorat qila olsa, deyarli barça soha özgaradi. Şu sababli jamoa turli yönalişlarda töğri qaror çiqarişga yordam beradigan tizim yaratişni maqsad qilgan.
Sarmoya va keyingi rejalar
Manbalarning aytişiça, asosçilardan biri Guodong Çjan loyihaga öz mablağidan 100 mln dollar sarmoya kiritmoqçi. Bu startap uçun jiddiy boşlanğiç pul bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ilon Mask SI ni rivojlantiriş uçun serverlar va hisoblaş markazlarini Yer atrofidagi orbitaga çiqarişni taklif qilgan edi. Endi uning sobiq hamkasblari sunʼiy intellektning boşqa yönalişiga — başorat qilişga eʼtibor qaratmoqda.
Epochal tizimi amalda qançalik aniq natija berişi hozirça maʼlum emas. Loyiha qaysi sohalardan boşlaşi ham aytilmagan.









