Zominda qiziga zöravonlik qilişda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

Zominda qiziga zöravonlik qilişda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zöravonlik qilişda gumonlangan erkak qidiruvga berildi. U jinoyat işi oçilişidan bir oy oldin işlaş uçun Rossiyaga ketib qolgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Qalampir.uz'ga maʼlum qildi.

Uning aytişiça, 1984 yilda tuğilgan erkakka nisbatan 14 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan iş qözğatilgan. Tergov maʼlumotlariga köra, gumonlanuvçi 11 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasiga jönab ketgan.

Sirtdan qamoqqa olindi

Erkak qidiruvga berilgan. 19 oktyabr kuni sud ajrimi bilan unga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Holat qanday aniqlangan

Şu munosabat bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham izoh berdi. Agentlik ma'lum qilişiça, 9 oktyabr kuni içki işlar xodimlari taʼlim muassasalarida profilaktik tadbir ötkazgan. Şunda 2010 yilda tuğilgan qiz sababsiz darslarga qatnaşmayotgani aniqlangan.

Holat maktab psixologi bilan birga örganilganda, qizning ruhiy holati barqaror emasligi maʼlum bölgan. Suhbatda u otasi jinsiy zöravonlik qilganini aytgan. Bu haqda tuman IIBga xabar berilgan, holat prokuratura organlariga yuborilgan.

Qiz himoyaga olindi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qizni dastlab kiçik hajmli ijtimoiy kömak markaziga joylaştirgan. Unga psixologik va ijtimoiy xizmat körsatilgan, tibbiy körik hamda ekspertizadan ötkazilgan. Hozir qiz oilaviy bolalar uyida. Uning xavfsizligi taʼminlangan, ruhiy-emotsional holatida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda.

Agentlik bolaning oilaviy şaroiti ham örganilayotganini bildirdi. Qizni oilaga qaytariş masalasi uning xavfsizligi, ruhiy holati va eng ustun manfaatlari har tomonlama baholangandan söng körib çiqiladi. Holat agentlik masʼul xodimlari nazoratida.

Avvalroq Toşkentda ikki nafar voyaga yetmagan qizini zörlaganlikda gumonlangan erkak qamoqqa olingani xabar qilingan edi.

Teglar:
×