Dunyodagi eng yirik parollar menejeri – 1Passvord xakerlik hujumiga uçradi. Bu haqda platformani işlab çiqargan kompaniya maʼlum qildi. Buzib kiriş holati joriy yilning 19 noyabr kuni aniqlangan.
Hujum qanday sodir bölgan
Xakerlar xodimlardan birining GitXabdagi korporativ akkauntiga kiriş huquqini qölga kiritgan. Şu akkaunt orqali içki xizmatlarga zararli kod joylaştirilgan. Oqibatda jinoyatçilar foydalanuvçilar hisob qaydnomalariga oid maʼlumotlarning bir qismidan xabardor bölgan.
Xususan, tizimga kiriş uçun zarur bölgan ismlar va elektron poçta manzillari ularning qöliga tuşgan. Kompaniya parollar saqlanadigan asosiy ombor buzilmaganini alohida taʼkidladi. Hodisa neçta foydalanuvçiga taʼsir qilgani esa aytilmadi.
Kompaniya qanday çoralar kördi
Buzilgan GitXab akkaunti bloklandi. Bundan taşqari, taklifnoma xatlari va kirişni tiklaş xatlarida işlatiladigan kodlar uzunligi oltitadan önta belgigaça oşirildi.
Foydalanuvçilarga 1Passvord nomidan yuboriladigan fişing hujumlaridan ehtiyot böliş tavsiya etildi. Fişing – soxta elektron xat yoki SMS orqali şaxsiy maʼlumotni qölga kiritişga uriniş. Kompaniya platforma mijozlarga parol yoki maxfiy kalit sörab heç qaçon murojaat qilmasligini ham eslatdi.
Şu voqea munosabati bilan heç qanday yangilaniş rejalaştirilmagan. Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Federal qidiruv byurosi mamlakatdagi huquqni muhofaza qiluvçi organlar foydalanadigan jinoyatçilikka oid maʼlumotlar bazasiga xakerlar kirgan bölişi mumkinligini tekşiryotgani xabar qilingan edi.









