Qaşqadaryo va Surxondaryodagi şaharlar infratuzilmasini yaxşilaş uçun kredit juda past foizda va 30 yilga ajratildi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi şaharlarda “Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” loyihasi doirasida munitsipal xizmatlari va infratuzilmani yaxşilaş uçun Jahon banki direktorlar kengaşi tomonidan 100 mln AQŞ dollari ajratiş tasdiqlandi. Bu haqda Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Uşbu pullar Özbekistonga juda past foizda va 30 yilgaça bölgan muddatga imtiyozli kredit şaklida berilmoqda.
Qayd etilişiça, loyihada iştirok etadigan şaharlarning yakuniy röyxati viloyat va şahar hokimliklari bilan maslahatlaşuvlar tugaganidan söng 6 oy içida tasdiqlanişi rejalaştirilgan.
Loyihada suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillaştiriş va kengaytiriş, elektr infratuzilmasi va köçalarni yoritiş, avtomobil yöllari, piyodalar va jamoat transporti zonalarini modernizatsiya qiliş, jamoat binolarining energiya samaradorligini oşiriş, jamoat joylarini, boğlarni, köçalarni va ularning tegişli infratuzilmasini rekonstruktsiya qiliş, tegişli aholi punktlari hududida madaniy meros obʼektlarini saqlab qoliş böyiça restavratsiya işlari olib boriladi.
Taxminan 4 mln odam yoki har ikkala viloyatdagi umumiy aholining taxminan 70 foizi uçun takomillaştirilgan şahar infratuzilmasi va munitsipal xizmatlar, şuningdek yangi iş örinlari yaratadigan loyiha tadbirlari natijasida işga joylaşiş imkoniyatlarining kengayişi töğridan-töğri yoki bilvosita foyda keltirişi kutilmoqda.
“Köpgina mamlakatlar urbanizatsiya jarayonidan taraqqiyot drayveri sifatida samarali foydalanganlar. Buni Xitoy, Janubiy Koreya va Tailand misollarida köriş mumkin. Özbekiston şahar infratuzilmasi va munitsipal xizmat körsatiş sohasidagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etişi hamda jamoat joylarini modernizatsiya qilişi kerak. Uşbu çora-tadbirlar şaharlarni yaşaş uçun yanada jozibador va iqtisodiy jihatdan samarali bölişiga yordam beradi”, - deya taʼkidladi Marko Mantovanelli. "Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Mamlakatning örta şaharlari tez surʼatlar bilan ösib bormoqda va xizmat körsatiş sohasida yoşlarga iş örinlari yaratiş salohiyatiga ega. Infratuzilma hamda viloyat va şahar hokimliklarining şahar xöjaligi va munitsipal xizmatlarni samarali boşqariş böyiça salohiyatini rivojlantirişga yönaltirilgan investitsiyalar şaharlarni yaşaş, işlaş va biznes qiliş uçun qulay joylarga aylantirişga yordam beradi. Uşbu muhim maqsadga erişişda hukumatni qöllab-quvvatlaşdan mamnunmiz!”









