Jahon banki Özbekistonga 100 mln dollar ajratdi. U nimaga sarflanadi?

Jahon banki Özbekistonga 100 mln dollar ajratdi. U nimaga sarflanadi?

Jahon bankining Ijroiya direktorlar kengaşi Özbekistonga 100 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratişni maʼqulladi. Bu haqda Jahon bankining rasmiy saytida eʼlon qilingan press-relizda söz boradi.

Maʼlum qilinişiça, uşbu mablağ mamlakatdagi qayta tiklanuvçi energiya manbalarini elektr taqsimot tarmoqlariga integratsiya qiliş va muhim hududlarda elektr taʼminotining işonçliligini oşirişga qaratilgan dasturga yönaltiriladi.

Uşbu dasturni amalga oşiriş uçun “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati öz mablağlari hisobidan qöşimça 50 million dollar ajratadi.

Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, Jahon banki Özbekistonda ilk bor “natijaga yönaltirilgan dastur” (Program-for-Results) moliyalaştiriş mexanizmidan foydalanmoqda. Bu vosita Jahon bankining eng muhim davlat dasturlarini moliyalaştirişda qöllaniladi.

Bildirilişiça, sektor moliyaviy jihatdan zararli bölib qolmoqda – xizmatlar uçun qarzdorlik va boşqa tijorat yöqotişlari mavjud. Bu esa davlat byudjetiga bosim qilmoqda.

Şuning uçun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ moliyaviy va operatsion islohotlarni amalga oşirmoqda.

Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça direktori Tatyana Proskuryakovaning aytişiça, bu yordam Özbekistonning infratuzilmasini modernizatsiya qilişga katta yordam körsatadi.

“Bizning moliyaviy kömagimiz Özbekistonning 2030 yilgaça taqsimot infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va kengaytiriş böyiça davlat dasturiga hissa qöşadi. Bu dastur doirasida jami 3 milliard dollarlik investitsiya talab qilinadi. Umid qilamizki, boşqa xalqaro hamkorlar va xususiy investorlar ham bizning ortimizdan ergaşadi”, degan Proskuryakova.

Uşbu dastur böyiça kelgusi 5 yil davomida amalga oşiriladigan asosiy işlar quyidagilardan iborat:

  • 6 ming kilometr past kuçlanişli elektr uzatiş liniyalarini quriş va modernizatsiya qiliş;
  • 1200 ta transformator (umumiy quvvati 250 MVA) örnatiş va yangilaş;
  • 150 ming dona “aqlli” hisoblagiçlar örnatiş – bu tijorat yöqotişlarini kamaytiradi;
  • 4 mingta maʼlumot töplovçi qurilmalarni örnatiş – bu tarmoqlarni raqamlaştiriş va avtomatlaştirişga xizmat qiladi.


Teglar:
×