Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi Özbekistonga 142 million dollarlik imtiyozli kredit ajratişni maʼqulladi. Bu haqda Jahon bankining Toşkentdagi vakolatxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu mablağlar mamlakatning turli hududlarida landşaftlar barqarorligini yaxşilaş va örmonlarni qayta tiklaşga, şuningdek, Özbekistonning transçegaraviy tabiiy zonalarni tiklaş böyiça Markaziy Osiyodagi boşqa davlatlar bilan hamkorligini rivojlantirişga kömaklaşuvçi loyihani moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Loyiha faoliyatini amalga oşiriş uçun Koreya va Jahon banki hamkorlik jamğarmasi (3 million AQŞ dollari) hamda Barqaror landşaftlar böyiça global hamkorlik (8 million AQŞ dollari) hisobidan qöşimça mablağ ajratiladi.
Maʼlumot örnida, Özbekiston kiçik örmonlarga ega mamlakat. Hisob-kitoblarga köra, ular 3,68 million gektarni egallaydi, bu mamlakatdagi barça yer maydonlarining 8,6 foiziga töğri keladi.
Oxirgi 30 yil içida çorvaçilikning nazoratsiz rivojlanişi, energiya manbalari nihoyatda çeklangan qişloq joylarida yoqilği manbasi sifatida foydalaniş uçun yoğoçga bölgan talabning ortişi, şuningdek örmon maydonlaridan suğorma dehqonçilik sifatida foydalaniş natijasida örmonlar qisqardi. Iqlim özgarişi örmonlarning tanazzulga uçraşining yana bir omiliga aylandi, bu yonğinlar sonining köpayişiga, örmon zonalariga daraxtlar zararkunandalari va kasalliklarining kirib kelişiga olib keldi.
Bugungi kunga kelib Jahon bankining Özbekistondagi dasturi taşkilotning Turkiyadan keyin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik loyihasidir. Loyihalarning umumiy qiymati qariyb 5,4 milliard AQŞ dollariga teng 29 ta loyihadan iborat.
Manba: Qalampir.Uz









