Jahon banki Ukrainaga uy-joylarni favqulodda taʼmirlaş uçun 232 million dollar ajratdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
“Odamlarning huquq va imkoniyatlarini tiklaş maqsadida uy-joylarni taʼmirlaş loyihasi doirasida mablağ ajratilmoqda. Dastur doirasida 100 mingdan ortiq oila avariyaviy taʼmirlaş işlari uçun tegişli moliyaviy yordam olişi mumkin böladi”, deyiladi xabarda.
Rejaga Ukrainaning beş viloyatida 98 mingga yaqin uy va 8 ming xonadon kiradi.
Qayd etilişiça, ayni paytda mamlakatda 1,4 million uy şikastlangan, ularda 3,5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Bugungi kunga qadar Jahon banki Ukrainaga asosiy ehtiyojlarni qondiriş uçun 37,5 milliard dollardan ortiq mablağni safarbar qilgan. Bu miqdorga AQŞ, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Ispaniya, Germaniya, Kanada, Şveytsariya, Şvetsiya, Daniya, Avstriya, Finlyandiya, Irlandiya, Litva, Latviya, Islandiya va Belgiya kabi donor mamlakatlarning majburiyatlari va vaʼdalari kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon banki direktorlar kengaşi Ukrainaga Yaponiya hukumati kafolati ostidagi 1,5 milliard dollarlik kreditni maʼqullagandi.









