15-avgust kuni Namangan viloyati Chust tumani “Toymas” MFY, Sobir Rahimov ko‘chasi 56-uyda yashovchi fuqaro A.Ya.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.
Yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida yashash uyi oshxonasining 20 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in vaqtida uy egasi kuyish tan jarohati olgan. Fuqaro A.Ya. shifoxonaga yuborilgan.
Yong‘indan uyning 210 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi maishiy gaz ballonidan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Тасодифий хабарлар
Трамп АҚШ тарихидаги энг йирик мигрантлар депортациясини амалга оширмоқчи
Тошкентда коронавирусдан ўлим ҳолати қайд этилди. ССВ буни эълон қилмади
Андижон банкларидаги мансабдорлар 15 миллиардан ортиқ кредит пулларини ўзлаштирган
Судья чет элда ишлаётган кўпгина ўзбек аёлларини фоҳишага чиқарди
Инновацияларни яратишдан кўра уларни жорий қилиш мураккаб ҳисобланади